Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugidan saylangan deputat N. Saidova tomonidan “Balxiguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 70-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari hamda ularning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Sport jihozlarining o‘quvchilar tomonidan xavfsiz va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

Shuningdek, ta’lim jarayonining uzluksiz va sifatli tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay shart-sharoitlar yaratilganligi yuzasidan ham tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5