Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Kalandarovning joriy yil 12-fevral kuni "M.Eshtemirov" mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida bildirilgan murojaatlar bosqichma-bosqich ijobiy hal etilmoqda. Deputatlar bilan hamkorlida davom etayotgan qabullarda hududlardan saylangan deputatlar ham faol ishtirok etib kelmoqda, hududda bo‘lib o‘tgan mazkur qabulda Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Tajribakor saylov okrugidan saylangan deputat Akmal Avliyakulov bevosita ishtirok etgan edi.

Jumladan, qabul jarayonida fuqaro tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni tartibga keltirish masalasida murojaat yo‘llangan edi. Ushbu masalani tezkor va sifatli hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Murojaat ijrosi doirasida tuman Elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar olib borilib, hududdagi elektr tarmoqlari yangi o‘rnatilgan beton ustunlarga ko‘chirildi hamda aholi xonadonlariga elektr liniyalarini tortish ishlari bajarildi.

Slide 1 of 7