Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Deputat hududidagi fuqarolar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Dj.Taxchiyeva tomonidan saylov okrugidagi fuqarolar holidan xabar olish, ayniqsa qariyalar, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

Tashrif davomida yoshi ulug‘, betob hamda yotib qolgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va muammolari o‘rganildi. Ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar yozib olindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda zarur tibbiy va moddiy ko‘mak tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. O‘rganish davomida kelib tushgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5