Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA

Deputat o‘rganish davomida mahalla hududidagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida tashkil etdi.
📝 Deputat bog‘chaning isitish qozonxonasi va texnik uskunalarini ko‘zdan kechirdi. Qish mavsumida bolajonlar uchun xonalarning issiqlik harorati me’yorda saqlanishi va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati tahlil qilindi.

📚 Bog‘chadagi guruh xonalari, bolalarning ovqatlanish rasioni va mashg‘ulotlarning tashkil etilishi bilan tanishildi. O‘rganish davomida aniqlangan texnik kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muassasa rahbariyatiga va tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi. Muammolarning ijobiy yechimi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 👥 Shuningdek, O.Lapasova mahalla faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar holati va ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 5