Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✔️Unda komissiya a’zolari tomonidan hudud ijtimoiy hayotiga daxldor bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi. Mazkur masala yuzasidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Lola Rustamova hisobot berdi.

✔️Hisobotda tumanda bolalar salomatligini muhofaza qilish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan rejalashtirilgan chora-tadbirlar ham muhokama markazida bo‘ldi.

✔️Komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida masalaga oid tegishli xulosalar shakllantirildi. Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalarni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

✅ https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3