Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan Uzun tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan Uzun tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi ko‘p tarmoqli poliklinikada "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida monitoring tadbiri o‘tkazildi. Mazkur o‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida poliklinikaning qabul bo‘limi, laboratoriya, diagnostika xonalari hamda tor mutaxassislar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, navbat tizimi, elektron ro‘yxatga olish jarayoni va sanitariya-gigiyena holati alohida e’tiborga olindi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, tibbiy jihozlarni yangilash, ayrim yo‘nalishlarda mutaxassislar sonini ko‘paytirish hamda dori vositalari ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, poliklinikada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, jumladan, aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, profilaktik ko‘riklar tashkil etish va zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalanish ishlari e’tirof etildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.               

                                                                                                                   

Slide 1 of 1