Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Doimiy komissiyaning navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✔️Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish kun tartibiga, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Toyloq tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari nomlarini o‘zgartirish masalasi kiritildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqilib, nomlarni tarixiylik, hududiy xususiyatlar va amaldagi tartib-talablar asosida muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan va loyihalashdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Toyloq tumanining yer tuzish chizmasini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan loyiha ishlari ham batafsil ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan axborotlar tinglandi.

✔️Muhokamalar davomida yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda hududlarning barqaror taraqqiyotini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, ularni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi. Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3