Bugun Shahrisabz tumanidagi “Qumqishloq” MFY chinakam mehnat maydoniga aylandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farida Yallaqodirova tuman hokimining tavsiyalari asosida hududda keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi.
Tadbir tafsilotlari:
•Ahillik kuchi: Hasharda yoshu qari birdek bel bog‘lab, mahalla hududini chiqindilardan tozashdi va tartibga keltirishdi.
• Yashil makon: Atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yangi manzarali ko‘chatlar va nihollar ekildi.
• Deputat g‘amxo‘rligi: Mehnat qilayotgan hasharchilar uchun deputat tomonidan dasturxon yozilib, mazali osh tarqatildi. Barcha ishtirokchilar uchun munosib dam olish va ovqatlanish sharoitlari yaratildi.