Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raхimkulov Jamshid Yo‘ldoshovich oʼz saylov okrugiga qarashli 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktabda ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, maktabda tashkil etilgan zamonaviy “BOOK KAFE” faoliyati ko‘zdan kechirdi. Ushbu maskan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, fan to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar, maktab kutubxonasi faoliyati hamda o‘quvchilarning darsga qatnashish davomatlari o‘rganildi. Maktab jamoasi tomonidan yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga molikdir. Kelgusida ham ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1