Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi farovonligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi tizimli o‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev hamda kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida, deputat o‘z saylov okrugidagi "Navro'z" MFYsidagi yettilik faoliyati o'rgandi hamda mahallada olib borilyotgan obodonchilik ishlar bilan tanishdi.

📝 Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida tashkil etdi. 

 Mahalladagi Bozor va savdo shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi. Bozordagi aholi uchun kundalik ehtiyoj mahsulotlari, sifati va narx-navosi e’tibor markazida bo‘ldi. Kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

⚽️ Mahalla hududida barpo etilgan zamonaviy sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini sport bilan o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar va maydonchaning texnik holati o‘rganildi.

 🤝 Maqsadimiz — har bir mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va yuzaga kelayotgan muammolarni joyida, tezkorlik bilan hal etishdir.

Uchrashuv yakunida muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Slide 1 of 9