Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
Kengash raisining bir kunlik faoliyati

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat Dilorom Safarova hamda kotibiyat mudiri O'ktam Rajabov bilan hamkorlikda, "Navro'z" mahallasidagi yettilik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

2024-yilgi deputatlik saylovlari yakunlari bo‘yicha viloyatlarda va shaharda hokimlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida raislik qilishiga barham berildi. Tuman miqiyosida esa bu tartibga 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘tildi.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Safarova Dilorom Shaydilovna "Navro'z" mahallasida bo'lib, 2025-yil hamda 2026-yilning hozirgi davriga qadar yettilik tomonidan amalga oshirilgan ishlari bilan tanishdi, xususan: 

Mahalla raisi tomonidan - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi, mahalla hududidagi dolzarb muammolar, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, yoʻl qurilishi, elektr energiyasi, gaz, suv, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijalarini o'rganildi;

Hokim yordamchisining - mahalla aholisi bandligini taʼminlash, oilalarning daromad manbalarini va tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini rivojlantirish holati, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga reintegratsiya yordami koʻrsatilishi va ularning rasmiy bandligi taʼminlanishi holati bilan tanishib, Kengash raisi tomonidan mahalladagi kambagʻal oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqish va ularning daromadini oshirish bo'yicha aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

 Ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan - oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar bilan ishlash va ularning kunlik hayot tarzini ijtimoiy xizmat koʻrsatish orqali yaxshilash holatining samaradorligi hamda ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash, ularga vasiylik va homiylik belgilash, alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlash holatlari tanqidiy o'rganildi, ijtimoiy xodimning amalga oshirilgan ishlari bo'yicha ma'lumotlari ko'rib chiqildi. 

Xotin-qizlar faolining faoliyati yuzasidan uning mahalladagi faoliyati, ayollar bilan ishlash, ayollar muammolarini o‘rganish, oilaviy, ijtimoiy va moddiy muammolarni aniqlash, nizoli oilalar bilan ishlash, mahallada ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va farovonligini ta’minlash bo'yicha aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

  

 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi