Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallabay ishlash – xavfsiz muhit va barqarorlik garovi
янв.21
NAZORAT VA TAHLIL: YO‘LLARDA INSON XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Deputat nazorati: Maktabdagi sharoitlar, ta’lim sifati va obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida
янв.21
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar
янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
Deputatlik nazorati

Bugun 30-yanvar kuni Yangiobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qish
mavsumida muhim ahamiyat kasb etuvchi issiqlik tizimlarining holati hamda bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi yuzasidan
o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish jarayonida muassasalarda isitish tizimlarining barqaror ishlashi, xonalar harorati, isitish uskunalarining texnik holati va xavfsizlik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, oshxonalarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlarning sifati va
belgilangan me’yorlarga mosligi alohida e’tiborga olindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Ushbu tadbir bolajonlarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan. 

Slide 1 of 9