Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
#PrezidentMurojaati #O‘zbekiston2030 #XDP
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida
янв.21
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyalari sadolari ostida ochildi. Sessiya majlisiga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev raislik qildi. Sessiya kotibligiga “23-Qipchoq” saylov okrugidan deputat Muyassar Rahmatullayeva nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Yusupov drayver loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida hisobot berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 223-sonli Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda har bir tuman va shaharda hududning iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida kamida 5 tadan drayver loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlashi belgilangan.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Amudaryo tumani Chordara mahallasi hududida joylashgan Buyuk Turon, Chordara va Maxtumquli ko‘chalari tutashgan hududda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda transformator o‘rnatish, SIP kabel tortish, lotoklar o‘rnatish, zamonaviy aqlli bekat qurish hamda asfaltlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu hududda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish uchun 10,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha taklif bildirildi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman prokurori Bahram Masharipov tuman prokuraturasining qonun ustuvorligini ta’minlash sohasidagi faoliyati haqida axborot berdi. Axborotda ta’kidlanishicha, tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, qonunlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan 140 ta nazorat tadbirida 1200 ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, 314 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan. Qo‘pol qonun buzilishlari yuzasidan 21 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Kun tartibidagi yana bir masala — 2025-yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Timur Doshumbayev hisobot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman va mahallalar kesimida chora-tadbirlar yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, mahalla yettiligi, Adliya, sog‘liqni saqlash hamda boshqa mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi. 
Amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasida tumandagi 32 ta mahalla “yashil” toifaga kiritilib, ularda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Shu bilan birga, jinoyat salmog‘i oshgani sababli 2 ta mahalla “qizil”, 15 ta mahalla esa “sariq” toifaga kiritildi. 2024-yil va 2025-yilning 12 oyi davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 438 tadan 127 taga, ya’ni 60,7 foizga kamaydi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar esa 161 tadan 127 taga, ya’ni 21,1 foizga qisqardi.
Sessiya majlisida tuman hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi masala yuzasidan hokimlik ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisi Ma’murjon Tadjiboyev axborot berdi. Axborotga ko‘ra, 2025-yil davomida tuman hokimligiga 31 ta Prezident Farmoni, 47 ta qaror, 2 ta farmoyish hamda Vazirlar Mahkamasining 49 ta qarorlari asosida tayyorlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jami 129 ta normativ-huquqiy hujjatlari kelib tushgan. Ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining 62 ta qarori qabul qilingan, 67 ta hujjat esa ma’lumot va ijro uchun qabul qilingan.
Shuningdek, ijro intizomi elektron tizimi orqali kelib tushgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 173 ta hujjati asosida berilgan 1089 ta topshiriqdan 1064 tasi, ya’ni 98 foizi ijro etilgan. Qolgan 25 ta topshiriq ijro jarayonida bo‘lib, shundan 17 tasi ayrim moliyaviy va tashkiliy sabablarga ko‘ra kechikayotgani va doimiy nazoratga olingani ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibidagi “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi” masalasi yuzasidan Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Alisher Yo‘ldashev hisobot berdi. Hisobotda joriy yil mart oyida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida jami 120 mingdan ortiq ko‘chat ekilgani, “Qipchoq o‘rmon xo‘jaligi”dan shartnoma asosida 40 ming ko‘chat sotib olinib, buning uchun 511 mln so‘m mablag‘ sarflangani qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 170 mln so‘mlik 31 ta kompyuter texnikasi, 99 mln so‘mlik 34 ta printer, 271 mln so‘mlik 41 ta konditsioner xarid qilingan. 16 ta mahallaga 29 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilib, buning uchun 335 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mahallalar binolarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 93 mln so‘m sarflangan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jami 416 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Umuman olganda, yil davomida ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar uchun 1 mlrd 384 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 19