Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Konstitutsiyaning 120-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Kengash raisi saylandi.
Ovoz berish yakuniga ko‘ra, “20-Ozod” saylov okrugidan saylangan deputat Saidov Ikram Yaxshiboyevich — Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashi raisi etib bir ovozdan saylandi.