Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida 101 yoshni qarshi olgan otaxon qutlandi
янв.21
“Deputat mahallada” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida ibratli maktab namoyishi...
янв.21
Xalq farovonligi va xavfsiz muhit — ustuvor vazifa
янв.21
Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
#PrezidentMurojaati #O‘zbekiston2030 #XDP
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida
янв.21
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.

           Kengash tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilib, muhokama qilindi. Mazkur dastur tumanda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat organlari faoliyatida hisobdorlikni kuchaytirish hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

           Yig‘ilishda tuman prokurori, kadastr bo‘limi mas’ullari, Kengashning barcha doimiy komissiyalari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Kun tartibida korrupsiyaviy xavf omillarini kamaytirish, tizimli profilaktika choralarini kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish va jamoatchilik nazoratini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

           Muhokamalar davomida mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi, hamkorlikni kuchaytirish va har bir sohada ochiqlik tamoyillarini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1