Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Bugun Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

1. Namangan shahar saylov komissiyasi raisi Z. Jamalovni vazifasidan muddatidan oldin ozod etish to‘g‘risida.

2. Namangan shahar saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

3. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.

4. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga deputat saylovini o‘tkazuvchi 21-Oromgoh saylov okrugiga qarashli 68-, 74- va 78-uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga deputat saylovini o‘tkazuvchi 21-Oromgoh saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov o‘tkazish xarajatlari smetasini tasdiqlash to‘g‘risida.

6. Namangan shahar Adliya bo‘limining 2025-yilning II yarim yilligi davomida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

8. 2025-yilning IV choragi davomida shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Namangan shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasining 2025-yil IV choragi davomida hududdagi korxona va tashkilotlar mas’ullari tomonidan murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

10. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi VII-2-09-6-91-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabr kungi KQ-284-V-son qarori ijrosini Namangan shahrida ta’minlash to‘g‘risida.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, kengash a’zolari ishtirokida “Yangilanayotgan O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari hamda shahar miqyosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Yakunda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 10