Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
#MUNOSABAT

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan navbatdagi Murojaatnoma mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy hujjat sifatida keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish va qo‘llab-quvvatlash bilan kutib olindi. 

Murojaatnomada mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor qaratilgani barchamiz uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 

Ayniqsa, hududlarni kompleks rivojlantirish, xalq bilan muloqotni yanada kuchaytirish, davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar joylardagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Biz, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarimizni safarbar etgan holda, aholi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz. Tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, fuqarolarning farovon hayotini
ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilish bizning asosiy maqsadimizdir.
 

Ishonamizki, Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar izchil amalga oshirilishi natijasida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yiladi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi
Turdiyev Akram Abdimuratovich
 

Slide 1 of 1