Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
Birdamlik va ishonch ifodasi

Birdamlik va ishonch ifodasi

Muhim siyosiy voqealardan biri — Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi lavozimiga “21-Turon” saylov okrugidan saylangan deputat Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich nomzodining deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanganidir.

Mazkur qaror, avvalo, Kengash deputatlarining o‘zaro birdamligi, yuksak mas’uliyati hamda shahrimiz taraqqiyoti yo‘lida yagona maqsad atrofida jipslasha olishini yaqqol namoyon etdi. Baxtiyor Yaxshilikovich nomzodiga bildirilgan yakdil qo‘llab-quvvatlash uning shu paytgacha olib borgan faoliyati, aholi muammolariga doimiy e’tibori va amaliy tashabbuslariga berilgan xolis bahodir.

Bugungi kunda Navoiy shahri oldida turgan vazifalar — aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu borada Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi sifatida Baxtiyor Bazarovning tajribasi, tashkiliy salohiyati va xalq bilan muloqotga ochiqligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishonchimiz komilki, Kengash faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish yo‘lida yangi rais boshchiligida samarali ishlar amalga oshiriladi. Biz, deputatlar, bu yo‘lda bir tan-u bir jon bo‘lib, shahrimiz ravnaqi va xalqimiz manfaatlari yo‘lida hamjihatlikda mehnat qilishda davom etamiz.

🇺🇿 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Qurbonov Farxod Absalomovich

Slide 1 of 1