Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida 101 yoshni qarshi olgan otaxon qutlandi
янв.21
“Deputat mahallada” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida ibratli maktab namoyishi...
янв.21
Xalq farovonligi va xavfsiz muhit — ustuvor vazifa
янв.21
Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
#PrezidentMurojaati #O‘zbekiston2030 #XDP
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida
янв.21
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Umurzakov Zafar O'tkirovich tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mirning sifati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni davomida Navoiy MFY hududidagi 2-,25-umumta'lim maktablari, hamda 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yetkazib berilgan ko‘mir namunalari belgilangan texnik va sifat talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganildi. Jumladan, ko‘mirning umumiy holati, namligi hamda issiqlik berish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumida barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3