Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi
🔷Mahalliy kengash deputati mahallada: mahalla ham Vatan ichra kichik Vatan ekani inkor etib bo‘lmas haqiqatdir

 🔹Aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari samaradorligida, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘nalishlarida mahalla muhim o‘rin tutadi. Hudud xavfsizligi, fuqarolar tinchligi, oilalar totuvligini mustahkamlash, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir muammolarni hal etishda ham mahallaning nufuzi tobora o‘sib bormoqda. Mana shu ma’noda Uchko‘prik tuman Kengashi deputati Komiljon
Imomnazarov “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari bilan uchrashdi. Davra suhbatida mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari chuqur tahlil qilindi. Aholi bilan muloqot chog‘ida jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirishga diqqat-e’tibor qaratildi. 

🔹Uchrashuv davomida fuqaro Boyigitova Shaxnozaning kredit olish masalasidagi murojjaati o‘rganilib, hujjatlashtirish masalasida huquqiy tushuntirish berildi. 

🔹Aholi vakillari bilan boshlangan uchrashuv mahalla hududida joylashgan 19-umumta’lim maktabi pedagoglar jamoasi davrasida yakuniga yetdi. Deputat maktabning moddiy-texnik bazasi hamda qish mavsumida issiqlik tizimi bilan ta’minlanganlik holatlarini o‘rgandi. Ta’lim muassasasi rahbariyati bilan isitish tizimi samaradorligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida suhbatlar o‘tkazdi. 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1