Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat va sport: sog‘lom millat sari qadam”
янв.21
Sho‘rchida muhim qarorlar qabul qilindi: infratuzilma, qonuniylik va taraqqiyot masalalari muhokama markazida
янв.21
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi
янв.21
Xalq dardi bilan yuzma-yuz: mahallada muammolar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam
янв.21
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida
янв.21
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot
янв.21
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam
Deputat tomonidan Baynalminal MFY xududidagi 26-maktab ota-onalari bilan suxbat o‘tkazildi

 Buloqboshi tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, va tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi vakili profilaktika inspektori hamda diniy komiteti bilan birgalikda tumandagi 26-sonli maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ta’lim, o‘quvchilarning tarbiyasi, ota-onalar mas’uliyati, yoshlar bilan ishlashda hamkorlik va tuman hududidagi ijtimoiy muammolar haqida fikr almashildi. Xususan, ota-onalarga o‘quvchilarni tarbiyalash va ularga yordam berish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir davomida Senatning 12-yalpi majlisida muhokama qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan
tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, kasb tanlashda ongli qaror qabul qilish, erta nikohning salbiy oqibatlari hamda uning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 4