Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
Deputat mahallada

 Suvti okrugida 18-maktab oshxonasi muammosi hal etildi 

Suvti okrug deputati G‘.Komilov nomiga 18-maktabda oshxona mavjud emasligi, bu esa
o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarning yetishmasligi haqida murojaat kelib
tushgan edi. Mazkur murojaat asosida deputat mahalla faollari bilan hamkorlikda
masalani o‘rganishga kirishdi.
 

O‘rganishlar natijasida tadbirkor tomonidan maktab hududida yangi konstruksiyali oshxona
qurib berish tashabbusi ilgari surildi va qisqa fursatda zarur ishlash
jarayonlari amalga oshirildi. Yangi oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib,
o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz va sanitar talablarga javob beradigan
sharoitlar yaratildi.
 

Deputat G‘.Komilov tomonidan oshxonaning hozirgi holati o‘rganilib, xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish va bolalar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish bo‘yicha
qo‘shimcha tavsiyalar berildi.
 

Ushbu ishlar mahalliy hamjamiyat, deputat va tadbirkor hamkorligida amalga oshirilgan
samarali qadam sifatida e’tirof etildi.
 

t.me/PiskentTumaniKotibiyati   

Slide 1 of 4