Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
SESSIYA KUN TARTIBIDA:
Xiva tumanidagi 524 ta ko‘chalarni nomlash, tuman sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazida korrupsiya omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi vazifalar, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantana va marosimlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi mas’ullarning hisobotlari tinglanib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputatlari qarori qabul qilindi.