Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv

 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin–Xakimobod saylov okrugi deputati Shoymonov Yo‘ldosh Rustamovich tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida “Xakimobod” mahalla fuqarolar yig‘inining “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hududdagi kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar holati o‘rganildi. Shuningdek,
ularning daromad darajasi tahlil qilinib, daromadi oshgan va o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan oilalarni reyestrdan chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy
Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hududda muntazam monitoring olib borilishi belgilab qo‘yildi.
  

Slide 1 of 4