Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
#PrezidentMurojaati #O‘zbekiston2030 #XDP
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida
янв.21
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
Toyloq tumani taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar: Prezident ishtirokidagi sessiyadan asosiy yo‘nalishlar

25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, viloyatning keyingi yillardagi ulkan yutuqlari hamda yangi strategik rejalarini muhokama qildi. Toyloq tumani uchun ham muhim ahamiyatga ega bir qator qarorlar qabul qilindi. 

 Toyloqning Samarqand shahri bilan birlashishi – tarixiy qadam 

  Sessiyadagi eng muhim qarorlardan biri – Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanlarining 17,5 ming gektar hududini Samarqand shahriga qo‘shish masalasi tasdiqlandi. 

 Bu qaror Toyloq tumani aholisi uchun quyidagi katta imkoniyatlarni yaratadi: 

 • infratuzilmaning keskin yaxshilanishi – yo‘llar, elektr, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlarining yangilanishi; 

 • qo‘shimcha uy-joylar qurilishi va aholi uchun qulay, zamonaviy sharoitlarning kengayishi; 

 • ta’lim va tibbiyot obyektlarining ko‘payishi, aholiga sifatli xizmatlarning yaqinlashishi; 

 • servis va tadbirkorlik uchun yangi hududlar ochilishi; 

 • investorlar uchun jozibador zonalar yaratilishi, bu esa ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi. 

 Ushbu o‘zgarishlar Toyloqning keyingi 10–15 yil rivojiga kuchli turtki beradigan omil sifatida qayd etildi. 

 ️Prezidentimiz sessiyada ayollar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Toyloq tumanida bu yo‘nalishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

 • yoshlar va ayollar tadbirkorligiga imtiyozli kreditlar ajratish; 

 • tumanga yaqin barpo etiladigan yangi uy-joy massivlarida servis nuqtalari va ustaxonalar tashkil qilish; 

 • kasb-hunarga o‘qitish markazlarini kengaytirish; 

 • bolalar bog‘chasi, maktab va sport inshootlarini yangilash; 

 • ayollar bandligini oshirishga qaratilgan loyihalar 

  Bu tashabbuslar Toyloqda xotin-qizlar va yoshlarga doimiy ish o‘rinlari va malaka oshirish imkoniyatini yaratadi. 

  Sessiyada qayd etilganidek, Samarqand shahri atrofidagi hududlar kengayishi bilan: 

 • magistral yo‘llar bo‘ylab 4 ta logistika markazi tashkil etiladi, 

 • yangi uy-joy massivlarining kanalizatsiya tizimi Ispaniyalik investorlar bilan hamkorlikda yangilanadi, 

 • ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari tuman aholisiga yaqinlashtiriladi. 

  Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz lozim davlatimiz rahbari ishtirokidagi mazkur sessiya tumanimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 

 ️Toyloq tumani o‘zining tarixiy, iqtisodiy va inson salohiyati bilan ijobiy o‘zgarishlarga tayyor. Sessiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda biz — deputatlar, mahalla faollari, tadbirkorlar va aholi birlashib harakat qilsak, tumanimiz viloyatning eng tez rivojlanayotgan hududlaridan biriga aylanishi muqarrar. 

  Toyloqda har bir oila rivoji, har bir yosh imkoniyati, har bir ayolning ijtimoiy faolligi — bizning asosiy vazifamizdir

Toyloq tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova