Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
Jamoatchilik o’rganishi

Xabaringiz bor shu kunlarda, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi partiya deputatlik guruhi va partiya tuman Kengashi ish rejasi asosida tumanda sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navoni sunʼiy oshib ketishini oldini olish ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

Bugun oʻrganishlar tumanda faoliyat koʻrsatib turgan "Jamil Bobo" oilaviy korxonasiga qarashli kushxona faoliyati bilan tanishildi. Oʻrganishlarda korxona belgilangan qonun doirasida litsenziyaga ega ekanligi, xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud. Shuningdek, kushxonada malakali veterinariya vrach xizmat qilmoqda va u chorva mollarini tekshirib, inson salomatligi uchun xavfli kasalliklar boʻlmaganda soʻyish va isteʼmolga chiqarishni nazorat qilishi aniqlandi.

Oʻrganish davomida goʻshtni isteʼmolga chiqarish uchun kushxonani zamonaviy asboblar bilan jihozlash, chorva mollari keltirish va undan keyin goʻshtni olib ketish uchun alohida texnika xizmati yoʻlga qoʻyish, chorva mollarini veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilgan holda kushxonada soʻyish talablari borasida tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5