Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – davr talabi
янв.21
3-dekabr xalqaro nogironlar kuni
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida
“Yashil makon” umummilliy loyihasi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 26-sentabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlanganligi ma’lum qilinib, bunda butun jamoatchilik keng ishtirok etishiga da’vat etilgan edi. Shundan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari shahar kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi raisi T.Niyozov faol nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida shahrimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar e’tirof etilib, mazkur loyiha doirasida mahallalarda tashkil etilayotgan hasharlar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish jarayonlarida aholining faolligi tobora oshib borishida nuroniylarni o‘rni sezilarli bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, nuroniylar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari aholining ushbu ezgu ishga mas’uliyat bilan yondashishida muhim omil bo‘layotgani qayd etilib, “Yashil makon” harakatini keng targ‘ib qilish, mahallalarda ko‘chat ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish, mavjud daraxtlar parvarishi kabi masalalarda nuroniylarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.