Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
#PrezidentMurojaati #O‘zbekiston2030 #XDP
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va O‘zbekiston-2030 strategiyasining yangi tahriri Sho‘rchilik deputatlar va nuroniylar e’tiborida
янв.21
Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga rais saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
янв.21
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosib bilan “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
Аtrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raxbari Sh.Umarxodjayeva tashabbusi bilan "Phoenix Core Laboratory" bosh direktori Е.Sivenko va ijrochi direktor O.Babakulov bilan hamkorlikda "Atrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbir elektr transporti, sun'iy intellekt va barqaror texnologiyalar sanoatini birlashtirib, yashil texnologiyalar va zamonaviy dam olish shakllarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi.

Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad:

– Oʻzbekistonda elektr transporti, gibridlar va zamonaviy texnologiyalarni targʻib qilish;

– Sunʼiy intellekt, avtomatlashtirish, robototexnika va barqaror yechimlar sohasidagi yutuqlarni namoyish etish;

– Biznes, hukumat va jamiyat oʻrtasida muloqot uchun platforma yaratish;

– Raqamli rivojlanish va atrof-muhitni oʻzgartirish boʻyicha milliy strategiyani qoʻllab-quvvatlash;

– Texnologik turizmni va Toshkentning innovatsiya markazi sifatidagi xalqaro imidjini rivojlantirishdan iborat.

Slide 1 of 7