Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
26 август 2026

Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa

imgMustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Shofirkon tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilib, ta’lim sohasida ham qator muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ana shunday ezgu ishlarning yana biri Alisher Navoiy mahallasida joylashgan 10-son umumta’lim maktabida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori asosida Shofirkon tumanida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ochilish marosimida xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati G'anisher Nematov ishtirok etdi.