Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI



⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan Nafis MFYda hokim yordamchisi Begzod Shobekov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli moliyaviy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📊 Jumladan:
🔹 “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 12 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgan;
🔹 “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit berilgan;
🔹 “Mahalla doirasi” dasturi orqali 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
🔹 Kambag‘allik reyestriga kiritilgan 4 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit berilgan;
🔹 6 nafar fuqaroga ssuda asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
📈 Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham muayyan natijalarga erishilgan. Yil boshida kambag‘allik reyestrida 35 ta oila mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda ushbu ko‘rsatkich 26 ta oilani tashkil etmoqda.
♻️Shuningdek, 126 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan, 7 ta oila esa daromadlari oshgani sababli kambag‘allik reyestridan chiqarilgan.
✅ O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga e’tibor qaratildi.
✅ Mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 3