Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
🏛 Davlat xizmatlari va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi



🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sh.Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat Ra'no Fozilova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan tartiblarga rioya etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📝 FHDYO bo‘limi mudiri Shohida Ukibayeva tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘limga ajrim, tug‘ilish va nikoh masalalari yuzasidan bir kunda o‘rtacha 46 ta murojaat kelib tushmoqda. Ushbu murojaatlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi, hujjatlarning rasmiylashtirilishi va fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilishi jarayoni o‘rganildi.

📊 Shuningdek, fuqarolar uchun navbat tizimining tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, hujjatlarni rasmiylashtirishda qulayliklar yaratilgani, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

💻 Davlat xizmatlari markazida esa fuqarolarning turli davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni qabul qilish, elektron xizmatlardan foydalanishda aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mas’ullar bilan suhbatlashilib, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tezkorlik, ochiqlik, qulaylik va fuqarolar bilan xushmuomalalik asosida ishlash muhimligi yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4