Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
янв.20
Insonparvar  yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
янв.20
XOTIRA VA QADRLASH MUQADDAS TUYG‘U!
янв.20
"Kumush tola"
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

 PF–71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Ergasheva tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish,
shaffoflikni oshirish va fuqarolarning tibbiy xizmatlaridan foydalanishida ochiqlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda tibbiyot birlashmasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, farmon doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan:
tibbiyot muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish,
bemorlar murojaatlari bilan ishlashning shaffof tizimini yo‘lga qo‘yish, elektron xizmatlardan foydalanishni kengaytirish borasida axborot berildi.
Deputat M. Ergasheva korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha sohalarda, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, u joylarda fuqarolarning ishonchini oshirish, tibbiyot xodimlari faoliyatini munosib baholash va ularning mehnatini qadrlash orqali tizimdagi ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligini qayd etdi.

Slide 1 of 2