Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashiga 4-Shirin saylov okrugidan saylangan Deputat Xazratkulov Niyoz Namazbayevich shahardagi mutasaddi rahbarlar ishtirokida aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 7 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitilib, murojaatlarning 3 tasi qabul jarayonining o‘zidayoq hal etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi vaqt talab etganligi bois nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.