Yangiliklar

DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA MUROJAAT O‘Z YECHIMINI TOPDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #murojaatlar #muammoga_yechimlar

DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA MUROJAAT O‘Z YECHIMINI TOPDI

📊 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan muntazam o‘rganishlar olib borilmoqda.

🕯 Navbatdagi o‘rganish davomida Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasi 46-uy boshqaruvi tomonidan kotibiyatga murojaat qilinib, uy oldidagi hududda kesilgan daraxt shoxlari o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani ma’lum qilindi.

💼 Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan masala tegishli mas’ullarga yetkazilib, hududni obodonlashtirish va tozalash yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

✅ Natijada tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan maxsus texnika jalb etilib, kesilgan daraxt shoxlari hududdan olib chiqib ketildi.

📈 Bu kabi o‘rganishlar orqali fuqarolar va mahallalardan kelib tushayotgan murojaatlarning amaliy yechimi ta’minlanib, hududlarning obodonligi va tozaligini saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5