Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi faoliyati o‘rganildi

Yoshlar ishlari agentligi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Namangan shahar bo‘limi faoliyati xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat xodimlari hamda deputatlar N.Dehkanov, X.Toshmatova, S.Gapparova va M.Djabbarova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalar va dasturlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6