Yangiliklar

8-son texnikumdagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengash deputati M. Jalolov tomonidan 8-son texnikumda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar va o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan tanishildi.

Tashrif davomida o‘quv xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3