Yangiliklar

Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov Andijon shahar davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4