Yangiliklar

2-oilaviy poliklinikaning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar Erkin MFY hududida joylashgan 2-oilaviy poliklinikaning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4