Yangiliklar

BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Kengashning 24 ta tavsiyasiga asosan ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.

Xususan, deputat Andijon shahridagi 66-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda muassasadagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tarbiyachilar bilan suhbat o‘tkazilib, bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

O‘rganish yakunida ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish hamda bolalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2