35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kitob — tafakkur va ma’rifat manbai

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan kutubxonachilik yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida kitob orqali inson qalbi va tafakkuriga yo‘l ochish, ilm-ma’rifat va axborot olami orqali jamiyatning ma’naviy hamda intellektual taraqqiyotiga xizmat qilishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek, kutubxonachilik kasbining o‘ziga xos jihatlari, yosh avlod tarbiyasidagi muhim o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida insonlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitishda kutubxonachining vazifalari haqida suhbatlashildi.

Bugungi zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda kutubxonachilarga qo‘yilayotgan talablar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda sohada yangicha yondashuvlarni qo‘llash masalalari yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 4