Yangiliklar

SAYYOR QABUL — MUROJAATLAR TINGLANDI

Andijon viloyati Kelajak markazi direktori, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dadajanov Fayzulloh Sirojiddinovich tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan, 7 ta murojaat o‘z vaqtida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4