35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24-BAND IJROSI: 19-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

24-BAND IJROSI: 19-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Shu doirada Kengash kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan Sazag‘on mahallasidagi 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilotning:
— isitish tizimi va uning mavsumga tayyorgarligi;
— bino va xonalarning qish mavsumiga mos holati;
— zarur yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlanganligi;
— bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar sessiyada muhokama qilinishi rejalashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha umumlashtirilib, tegishli takliflar shakllantiriladi.

Slide 1 of 3