O‘rganish davomida ta’lim tashkiloti hududidagi tashqi oqova suv lotoklarining holati ko‘zdan kechirilib, mazkur yo‘nalishda ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oqova suvlarning belgilangan tartibda chiqib ketishini ta’minlash hamda hududda sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etish masalalari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur masalani hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga vazifalar belgilash va ijrosini nazorat qilish deputatlik nazoratiga olindi.