YO‘L INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH UCHUN 1,5 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ MABLAG‘ AJRATILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 14-sentabrdagi VII-34-118-7-101-K/26-son qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalardagi ichki yo‘llarni yaxshilashga mablag‘ ajratish ma’qullandi.
Qarorga muvofiq, mahallalardagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizish xarajatlari uchun 1 milliard 514 million 833 ming so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
📌 Ajratilgan mablag‘lardan:
🔹 ichki yo‘llarni asfaltlash;
🔹 aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish;
🔹 yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
Qaror bilan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, asfalt yotqizish ishlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi