35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

 2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Eliboyev faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat G.Bozorova tomonidan Oshiq Ota mahallasidagi 35-sonli OSHPda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, muassasada qo‘l yuvish uchun zarur vositalar va jihozlar yetishmasligi, shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xonalar yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.

🤝 Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Slide 1 of 1