35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24-BAND: NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA

 24-BAND: NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA: MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida deputat X. Turdiyev tomonidan ilgari surilgan murojaat va deputatlik so‘rovi natijalari ham muhokama qilinadi.
⚡️ Beshbola mahallasida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilib, Beshbola va Birlik qabristonlari ichidan o‘tkazilgan elektr ustunlarini tashqariga chiqarish hamda eskirgan ustunlar o‘rniga beton ustunlar o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.
⚠️ Mazkur masala aholining xavfsizligi nuqtayi nazaridan dolzarb. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida kuchli shamol, yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitida mavjud ustunlarning sinib yoki qulab tushish ehtimoli yuqori ekani qayd etilgan.

Slide 1 of 3