Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.