BOBUR MFYDA ZAMONAVIY MINI STADION BARPO ETILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mablag‘lar ajratildi.
📍 Mazkur qaror asosida Bobur MFY hududida 4 faslga mo‘ljallangan mini stadion qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
💰 Loyiha qiymati: 1 mlrd 648 mln so‘m.
🔹 Tashkilot: Pastdarg‘om tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
🔹 Moliyalashtirish manbai: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: “Samarqand viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati»” DUK
🔹 Loyiha-smeta hujjatlari: mavjud
🔹 Amalga oshirish tartibi: tender asosida
🏃♂️ Mazkur mini stadion mahalla yoshlari va aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishiga xizmat qiladi.