#_doimiy_komissiya_faoliyati
“Ochiq budjet” loyihalari ijrosi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi S.Asadov raislik qildi.
Yig‘ilishda 2026-yil 1-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan takliflar doirasidagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi hisoboti eshitildi.
Hisobot davomida “Ochiq budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, belgilangan tadbirlarning ijro holati hamda mavjud muammolar haqida ma’lumotlar berildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarning amaliy natijasini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosini doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.