35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi bosh mutaxassisi X. Rahmatullayev tomonidan biriktirilgan tashkilot — Favqulodda vaziyatlar bo‘limining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni turli xavf-xatarlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘limning moddiy-texnik bazasi, mavjud jihoz va anjomlarning holati, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1